Qamoqxonadagi tabaqalar. 3-son. 1-qism
Bu yerda tavsiflanadigan tizim iyerarxiyasi asosan Rossiyadagi yoki postsovet respublikalaridagi, “oʻgʻri” tushunchalari va qonunlari saqlanib qolgan “qora zona”larga oid.
Jinoyat olamida ham tizim va iyerarxiya mavjud. Bu asosan mahbuslar orasida – zonalarda kuzatiladi.
Umuman olganda, qamoqxonadagi hayot ham jamiyatning bir qismi, faqat uning oʻz tartib-qoidalari bor. Ozodlikdagi hayotda odamlar mol-davlati yoki amali, hurmat-mavqesi boʻyicha darajalarga ajratilsa, qamoqda ozodlikdan mahrum etilish sababi, oʻzini tutishi, qamoqdagi tartibga qanchalik koʻnikishiga qarab oʻz joyini egallaydi.
Albatta, bu yerda tavsiflanadigan tizim iyerarxiyasi asosan Rossiyadagi yoki postsovet respublikalaridagi, “oʻgʻri” tushunchalari va qonunlari saqlanib qolgan “qora zona”larga oid. Bu iyerarxiya zonadan zonaga biroz oʻzgarishi, nomlari va miqdori boshqacha boʻlishi mumkin.
Turli mish-mishlarga koʻra, hukmi oʻqilib, qamoqqa joʻnatilgan mahbuslarning qaysi modda bilan qamalgani ular kelishidan avval maʼlum boʻlar emish. “Oʻgʻri”lar yaratgan “qamoq pochtasi” tizimi orqali joʻnatiladigan xat – “malyava” yoki shu tizim orqali “vor v zakone”lar barcha mahbuslarga joʻnatadigan xat – “progon” orqali yangi mahbusning kimligi va qaysi modda bilan qamalgani oshkor etilar ekan.
Batafsil yuqoridagi videoda.