platina.uz
Jamiyat

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" ayrim poyezdlarda chipta narxini oshirmoqda

"Nasaf", "Sharq", "Oʻzbekiston" poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiriladi. 

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" ayrim poyezdlarda chipta narxini oshirmoqda

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ 2024 yilning 1 iyul sanasidan mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar — "Nasaf", "Sharq", "Oʻzbekiston" poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshirilishini maʼlum qildi.

Misol tariqasida, 12, 4-sonli "Toshkent — Qarshi» yoʻnalishi avvalgi narxlari:
ekonom — 150 600, biznes 218 244 soʻm. Hozirgi narx: ekonom — 178 250, biznes — 262 805 soʻmni tashkil qilmoqda.

Yoʻlovchi poyezdlarda qoʻshimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yoʻlovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda, deyiladi izohda.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Afrosiyob poyezdi chiptalari bir yilda uchinchi bor oshirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid