platina.uz
Jahon

BMT 2023 yilda Gʻazoda halok boʻlgan bolalar sonini ochiqladi

Bundan tashqari, Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda ham 126 nafar falastinlik bola halok boʻldi.

BMT 2023 yilda Gʻazoda halok boʻlgan bolalar sonini ochiqladi

BMT 2023 yilda Gʻazo sektorida 2,1 mingdan ortiq bola halok boʻlganini tasdiqladi. Bu haqda jahon tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning hisobotida aytilgan.

Hujjat 2023 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha boʻlgan voqealarga ishora qiladi. "Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2267 nafar falastinlik bolaning (1259 nafari oʻgʻil, 1008 nafari qiz) oʻldirilganini tasdiqladi, ulardan 2141 nafari Gʻazo sektorida halok boʻlgan", — deyiladi xalqaro tashkilot.

Bundan tashqari, Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda 126 nafar falastinlik bola halok boʻldi, deya qoʻshimcha qildi BMT. Global tashkilot Isroil mudofaa kuchlarini 206 bolaning oʻlimi uchun javobgar deb topdi.

Oʻtgan yilning oktabr oyida Gʻazo sektoridagi shifoxona bombalangani, 800 kishi, jumladan, yuzlab bolalar halok boʻlgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, Gʻazodagi maktabga qilingan hujumdan 40 nafardan oshiq bola va ayollar halok boʻlgani maʼlum boʻlgandi. 2023 yil 7 oktabrdan beri Gʻazoda halok boʻlganlar 36 mingdan oshib ketgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid