platina.uz
Jahon

Baydenning oʻgʻli 25 yilgacha qamalib ketishi mumkin

U qurol-yarogʻ saqlash qoidalarini buzishga aydbor deb topildi. AQSh rahbari Jo Bayden garchi vakolati boʻlsada, oʻgʻlini afv etmoqchi emas. 

Baydenning oʻgʻli 25 yilgacha qamalib ketishi mumkin

AQSh prezidenti Jo Baydenning oʻgʻli Xanter qurol-yarogʻ saqlash qoidalarini buzish boʻyicha har uchala modda boʻyicha ham aybdor deb topildi. Unga 25 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

AQSh prezidenti Jo Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden Delaver shtatidagi hakamlar hayʼati tomonidan qurol-yarogʻ saqlash qoidalarini buzishda aybdor deb topildi.

Hakamlar hayʼat aʼzolarini ayblov dalillariga koʻra, Bayden 2018 yil oktabr oyida oʻqotar qurol sotib olishi toʻgʻrisida yolgʻon gapirgan, u giyohvand moddalar qabul qilishi haqidagi savol blankasiga "yoʻq" deb javob bergan.

Natijada, Bayden qurol sotib olayotganda yolgʻon bayonot berganlikda va keyin bu maʼlumotlarning toʻgʻri ekanligini tasdiqlaganlikda, shuningdek, giyohvand moddalarga qaram boʻlgan shaxs boʻlaturib, qurol saqlaganlikda aybdor deb topildi.

Maʼlum qilinishicha, u 25 yilgacha qamoq jazosi va 750 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin. Shu bilan birga, avvalroq Jo Bayden oʻgʻli aybdor deb topilsa, uni avf etish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekmasligini aytgan edi.

Bundan tashqari, hakamlar hayʼati hukmidan soʻng darhol prezident Bayden oʻgʻli bilan "faxrlanayotganini" aytdi.

" Avval ham aytganimdek, men bu ishning natijasini qabul qilaman va » Hunter murojaat qilganda men qonuniy jarayonni hurmat qilaman”, dedi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp ham sudda aybdor deb topilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid