Armaniston KXShTdan chiqib ketadi
Joriy yil fevralida Nikol Pashinyan rasmiy Yerevan KXShTdagi faoliyatini “muzlatib” qoʻyganini maʼlum qilgandi.

Armaniston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB)dan chiqishi mumkin.
Bugun Armaniston parlamentidagi hukumat soati majlisida bosh vazir Nikol Pashinyan shu haqda bayonot bergan.
Bosh vazir Ozarbayjon bilan Togʻli Qorabogʻ yuzasidan 44 kunlik urushdagi magʻlubiyat haqida gapirib, barcha aybni “pufak ittifoq”ni tuzganlar zimmasiga qoʻygan.
Shunda parlamentda unga muxolif deputatlardan birining “Boʻlmasa nega KXShTdan chiqmayapmiz? Qanday qilib Yerevan faoliyatidan norozi boʻlgan tashkilotga aʼzolikni davom ettiradi?” deya bergan savoliga Pashinyan shu tarzda javob bergan.
«Buni xal qilamiz. Oʻzingiz nima deb oʻylaysiz? Keyingi qadamimiz qanday boʻladi? Orqaga qaytamiz, deb oʻylayapsizmi? Yoʻq, orqaga yoʻl yoʻq. Xavotir olmang, ortga qaytmaymiz” degan Armaniston bosh vaziri.
Pashinyan muxolifatga murojaat qilib, hozircha hukumat KXShTdan batamom chiqish haqida gapirmayotgani, chunki bu “ularning” kayfiyatini buzishi mumkinligini maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil fevralida Nikol Pashinyan rasmiy Yerevan KXShTdagi faoliyatini “muzlatib” qoʻygani haqida bayonot bergandi. Bir oy oʻtib esa, agar bu tashkilot Yerevanning mamlakat suveren hududlari borasida qoʻygan savollariga javob bera olmasa, Armaniston KXShTdan chiqishini bildirgan edi. Taʼkidlash kerak, aslida bundan ancha avvalroq Armaniston tomoni KXShT tadbirlarida ishtirok etmay qoʻygan.
Keyinroq esa, Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati “KXShTning 2024 yil uchun byudjeti haqida”gi qaroriga qoʻshilishdan va bu qarorda koʻzda masala - tashkilotni moliyalashtirishdan “tiyilishini” maʼlum qildi.