platina.uz
Jamiyat

Andijonda bandlik markazi direktori va sheriklarining qilmishlari oshkor boʻldi

Ular ishsiz fuqarolarni kasbga oʻqitishda toʻlanadigan stipendiya pullarini talon-toroj qilgan. 

Andijonda bandlik markazi direktori va sheriklarining qilmishlari oshkor boʻldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon tuman sudi bandlik markazi mutasaddilariga oid sud ishi koʻrib chiqildi. Ushbu sud hujjati Platina.uz tahririyatida mavjud.

Ish hujjatiga koʻra, Andijon tumani aholi bandligiga koʻmaklashish markazi sobiq direktori markaz bosh hisobchisi hamda markazning kasbga oʻqitish mutaxassisi bilan oldindan oʻzaro jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib, noqonuniy boylik orttirish uchun yagona maqsad sari harakat qilgan. Ular ishsiz fuqarolarni stipendiya pullari toʻlanadigan holda kasb-hunarga oʻqitish maqsadida byudjet mablagʻlar hisobidan ajratiladigan mablagʻlarni oʻzlashtirib mazkur pul mablagʻlarini bankdan olinishiga erishishgan.

2019-2022 yillar davomida byudjetidan fuqarolarning stipendiya puli sifatida shakllantirilgan jami 37.053.015 soʻm pul talon-toroj qilingan.

Sudlanuvchi boʻlgan sobiq boshliq sudda u oʻz aybiga qisman iqrorligini bildirdi.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, bandlik markazi sobiq rahbari JKning JK 167-moddasi 2-qismining “b,v,g” bandlari, 209-moddasining 2-qismi “a”bandi bilan aybli deb topildi.

Unga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida 66.900.000 soʻm jarima jazosi, 2 (ikki) yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Ikkinchi ayblanuvchi boʻlgan sobiq bosh hisobchiga esa bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida 66.900.000 soʻm jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek unga uzil-kesil oʻtash uchun 2 (ikki) yil 1 (bir) oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi va har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil 7 (yetti) oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Markazda oʻqitish mutaxassisi lavozimida ishlagan sudlanuvchiga esa JK 28,209-moddasining 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida 22.300.000 soʻm jarima jazosi va 1 yil mansabdorlik vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, har oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid