Surxondaryoda yana zilzila boʻldi
Zilzila viloyatning yetti hududida kuzatilgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, 11.06.2024 yil, Toshkent vaqti bilan 09:13 da Tojikistonda zilzila sodir boʻldi.
Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 68,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 25 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 400 km janubiy-gʻarbda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Shoʻrchi tumanida 2-3 ball, 33 km.
Uzun tumanida 2 ball, 45 km.
Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 52 km.
Oltinsoy tumanida 2 ball, 59 km.
Jarqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 67 km.
Denov tumanida 2 ball, 69 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 71 km.
Eslatib oʻtamiz, 10 iyun kuni ham Surxondaryoda zilzila kuzatilgandi.