platina.uz
Jamiyat

Sardoba suv omborida kichik GES quriladi

Mazkur GES bitgach, mamlakat umumiy elektr tarmogʻiga oʻrtacha 27,9 mln. kilovatt elektr qoʻshilishi aytilgan.

Sardoba suv omborida kichik GES quriladi

"Oʻzbekgidroenergo" AJ Sardoba suv omborida kichik GES quradi, bu haqdagi konsepsiyani viloyat deputatlari bugun tasdiqlashgan.

Qiymati 17,6 mln. dollar boʻlgan ushbu loyiha 2024-2027 yillarda qurib bitkaziladi. "Oʻzbekgidroenergo" AJning 2024 yil 20 fevraldagi bayonnomasi asos qilib olingan.

Loyihaga koʻra, mazkur GES bitgach, mamlakat umumiy elektr tarmogʻiga oʻrtacha 27,9 mln. kilovatt elektr qoʻshilishi aytilgan.

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekgidroenergo" tomonidan qurilgan Sardoba suv ombori 2020 yilda oʻpirilgach, katta suv toshgan, bir necha tumanlar va Qozogʻistonning maʼlum qismi ham suv ostida qolgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid