platina.uz
Jamiyat

Qurbon hayitida oʻzbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi

Prezidentning bayram boʻyicha qarori eʼlon qilindi. 

Qurbon hayitida oʻzbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi

Qurbon hayitida oʻzbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻʼtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid