BMT Xavfsizlik kengashi Baydenning Gʻazo boʻyicha rejasini aks ettiruvchi hujjatni maʼqulladi
Ushbu reja urushni toʻxtatish va Gʻazoni tiklashni ham oʻz ichiga oladi.

BMT Xavfsizlik Kengashi Amerika yetakchisi Jo Baydenning Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish rejasini oʻz ichiga oluvchi AQSh rezolyutsiyasini qabul qildi.
Ovoz berish jarayonida rezolyutsiyani 14 davlat qoʻllab-quvvatladi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Rossiya betaraf qolgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh prezidenti Isroil Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha yangi taklifni HAMAS harakatiga taqdim etganini maʼlum qilgandi.
Baydenning soʻzlariga koʻra, taklif etilayotgan kelishuv uch bosqichdan iborat: Isroil qoʻshinlarini Gʻazodan olib chiqib ketish va HAMAS asirligidagi garovga olinganlarni ozod qilish, muddatsiz oʻt ochishni toʻxtatish va janglardan soʻng Gʻazoni qayta tiklashni boshlash.
Oʻzbekiston ham mazkur rejaga munosabat bildirib, uni olqishlashini bildirgan.