platina.uz

Uyda quvvatlanadigan elektrokarlar uchun arzon tariflar qoʻllashmoqchi

Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni ragʻbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi.

Jamiyat
10-iyun 2024 yil
Uyda quvvatlanadigan elektrokarlar uchun arzon tariflar qoʻllashmoqchi

Uyda quvvatlanadigan elektrokarlar uchun arzon tariflar qoʻllanilishi mumkin.

Prezident raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida energiya samaradorligi, koʻp qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Oʻzbekistonda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetdi. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Shu munosabat bilan elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni ragʻbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich oʻrnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qoʻllanadi.

Shuningdek, koʻchalar, koʻp qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi oʻrnatish mumkin boʻladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi oʻrnatiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+