Tojikistondagi zilzila Surxondaryoga ham taʼsir qildi
Zilzila epitsentri Toshkentdan 395 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra 10.06.2024 yil, Toshkent vaqti bilan 08:14 da Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Uning kuchi Oʻzbekiston janubida ham sezildi.
Zilzila koordinatalari: 37,81 gradus shimoliy kenglik; 68,13 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 120 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 395 km janubiy-gʻarbda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Shoʻrchi tumanida 2 ball, 28 km.
Uzun tumanida 2 ball, 39 km.
Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 49 km.
Oltinsoy tumanida 2 ball, 54 km.
Denov tumanida 2 ball, 63 km.
Jarqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 68 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 69 km.
Qiziriq tumanida 2 ball, 81 km.
Termiz tumanida 2 ball, 83 km.
Boysun tumanida 2 ball, 90 km.
Angor tumanida 2 ball, 91 km.
Termiz shahrida 2 ball, 100 km.