Shifokor: jaziramada chanqamasangiz ham muntazam suv iching
Kardiologning aytishicha, suv ichishni rejim asosida yoʻlga qoʻyish yaxshi foyda beradi.

Issiq havoda tanaga koʻproq suv kerak boʻladi va qarshi taʼsirlar boʻlmasa, chanqoqlik hissidan qatʼi nazar, muntazam suv ichish kerak. Bu haqda kardiolog Natalya Koryagina maʼlumot berdi.
"Oʻrganganingizdan koʻproq iching. Chanqashni kutmasdan iching. Ayniqsa issiq kunlarda rejim asosida ichish mantiqan toʻgʻri keladi – har soatda bir necha qultum ichishni eslatuvchi dasturdan foydalaning", — deya oʻz tavsiyasi bilan oʻrtoqlashdi kardiolog ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bundan tashqari, issiq davrlarda trombozning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan suvsizlanish taʼsirini kuchaytiradigan kofein yoki spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.
Qizgʻin jismoniy faoliyat va sport issiqda tavsiya qilinmaydi - jismoniy faoliyat moʻʼtadil va yumshoq boʻlishi kerak.
Doimiy ravishda turli dori-darmonlarni qabul qiladigan keksalar va surunkali yurak xastaliklari bilan ogʻrigan odamlar issiqda imkon qadar kamroq koʻchada boʻlishlari kerak.