platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryodagi suv omboridan suv otilib chiqa boshlagani aytilmoqda

Oqsuv daryosida qurilgan toʻgʻondan suv chiqa boshlagani haqida rasmiy maʼlumot yoʻqligi uchun vahima boshlangan.

Qashqadaryodagi suv omboridan suv otilib chiqa boshlagani aytilmoqda
Foto: OʻzA

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Miraki qishlogʻida joylashgan Hisorak suv omboridan suv otilib chiqa boshlagani aytilmoqda.

Xabarlarga koʻra, Oqsuv daryosida qurilgan toʻgʻondan suv otilib chiqa boshlagan. Hozircha bu xabarni tasdiqlaydigan yo rad etadigan biror rasmiy maʼlumot yoʻq.

Maʼlumot olish maqsadida Oʻzbekgidroenergo rahbari matbuot kotibi bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmadi.

Aholiga tezkor va aniq maʼlumot yetkazishda ulardan rasmiy izoh kutib qolamiz.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid