Pokistonda yetti nafar xavfsizlik xodimi teraktda halok boʻldi
Xavfsizlik xodimlari qoʻlbola portlovchi uskunaning harakatga kelishi sabab qurbon boʻlgan. Hozircha boshqa tafsilotlar eʼlon qilinmayapti.

Pokistonda portlash oqibatida yetti xavfsizlik xizmati xodimi halok boʻldi.
Pokiston xavfsizlik kuchlarining bildirishicha, qoʻlbola portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida kuchning yetti nafar aʼzosi halok boʻlgan. Departament bayonotida aytilishicha, portlash jangarilar yoʻq qilinayotgan Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir boʻlgan.
"9 iyun kuni qoʻlbola portlovchi qurilma xavfsizlik kuchlari mashinasida portladi Natijada kapitan Muhammad Faraz Ilyos boshqa olti nafar xodim bilan birga halok boʻldi", — dedi xavfsizlik kuchlari matbuot xizmati X ijtimoiy tarmogʻida. (sobiq Tvitter)
Hozircha biron bir tashkilot hodisa yuzasidan javobgarlini oʻz zimmasiga olganicha yoʻq.
Pokistonning chegaradosh viloyatlarida hujumlar sonining koʻpayishi 2021 yilda, "Tolibon" harakati Afgʻoniston hududini oʻz nazoratiga olgan paytda boshlangan. Pokiston Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilda Xayber-Paxtunxva viloyatida 1 mingdan ortiq terakt sodir etilgan.