Maktablarda 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
Qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi va 15 avgustga qadar davom etadi.

Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul 20 iyun sanasidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: 20 iyundan 31 iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-bosqich: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari ushbu havoladagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari koʻrsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.
"Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017 yilning 31 dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.