platina.uz
Jahon

Fransiya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Mamlakatda Yevroparlamentga saylovlarda oʻng partiyalar muvaffaqiyat qozondi, amaldagi hukumat partiyasi yaxshi natija qayd eta olmadi. 

Fransiya prezidenti parlamentni tarqatib yubordi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevroparlamentga saylovlar yakunlari boʻyicha mamlakat parlamenti, yaʼni Milliy assambleyani tarqatib yubordi va muddatidan oldin parlament saylovlari oʻtkazilishini eʼlon qildi.

Ular 30 iyun va 7 iyulga belgilangan. 9 iyun kuni Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlarida Yevroparlamentga saylovlar boʻlib oʻtdi - unda migratsiyaga qarshi va millatchilik kayfiyatidagi "Milliy front"ning yosh raisi Jordan Bardella yetakchilik qilmoqda. Fransiya prezidenti oxirgi marta parlament quyi palatasini 1997 yilda tarqatib yuborgan edi.

Ushbu saylovda oʻng qanot gʻalabasidan soʻng Emmanuel Makron shunday dedi: "Bu kunning oxirida men hech narsa boʻlmagandek koʻrsata olmayman. Bu holatga soʻnggi yillarda mamlakatimizda jamoatchilik va parlament muhokamalarini qamrab olgan isitma ham qoʻshildi".

Bundan oldin Jordan Bardella prezidentni Fransiya parlamentiga muddatidan oldin saylovlar tashkil etishga chaqirgandi. "Biz undan ushbu yangi siyosiy voqelikni tan olishini... va yangi parlament saylovlarini tashkil etishini tantanali ravishda soʻraymiz", dedi Bardella Yevropa parlamentiga saylovlarning dastlabki natijalari eʼlon qilinganidan keyin oʻz partiyasi tarafdorlari bilan suhbatda.

Fransiyada saylovchilarning 52,5 foizi saylovda qatnashdi. Yevropa saylovlarida bunday yuqori darajadagi ishtirok mamlakatda 1994 yildan beri kuzatilmagan. Natijalarning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, Jordan Bardella boshchiligidagi jamoa uning hukmron koalitsiyadagi eng yaqin raqiblaridan kamida ikki barobar kuchli.

Yevroparlamentga saylovlar dastlabki natijalar quyidagicha: "Milliy ralli" (Jordan Bardella) – 32,4% (parlamentdagi 31 oʻrin); prezident partiyasi "Uygʻonish" (Valeri Iyer) - 15,2% (14 oʻrin); Sotsialistik partiya (Rafael Glyuksman) — 14,3% (13 oʻrin).

Shunday qilib, oʻng va ekstremal oʻnglar Yevroparlamentda 40 dan ortiq, chap va oʻta chaplar 26 ta, hukumat koalitsiyasida esa atigi 14 oʻrin bor.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid