Mehnat migrantlariga qancha miqdorda kompensatsiya beriladi?
Muhojirlarga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibi boʻyicha nizomni tasdiqlash haqidagi loyiha eʼlon qilindi.

Mehnat migrantlariga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibi boʻyicha nizomni tasdiqlash haqidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi.
Loyiha mazmuni:
- birinchidan, "Xorijda ish" mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
- xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda — bazaviy hisoblash miqdorining
uch baravarigacha miqdorda;
- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga "ishchi viza"ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda;
- yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda kompensatsiya toʻlash;
- ikkinchidan, sugʻurta tashkilotlariga — "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oila sifatida eʼtirof etilgan yoki "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sogʻligʻi va hayoti, shuningdek, boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotini qoplash maqsadida har bir sugʻurtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta ellik ming soʻmgacha miqdorda subsidiya toʻlash;
- uchinchidan, xorijda mehnat qilish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablagʻsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq toʻlash.
Loyihani qabul qilish zarurati quyidagi omillar bilan asoslanadi:
- birinchidan, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish
istagida boʻlgan fuqarolar ketishdan oldingi jarayonda maʼlum moliyaviy
qiyinchiliklarlarga uchramoqda;
- ikkinchidan, mehnat bozorini diversifikatsiya qilish uchun Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish
amaliyotini hamda ularga kasbiy (til) malakani tasdiqlovchi xalqaro tan
olinadigan sertifikatlarni taqdim etish zaruratini vujudga keltirmoqda;
- uchinchidan, xorijda murakkab sharoitga tushib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlar soni oshganligini ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash amaliyotini kengaytirishni taqazo
qilmoqda.