Sirdaryo viloyati hokimi bir kunda pul ajratish boʻyicha oltita farmoyish imzoladi
Tuman va shaharlardagi tibbiyot birlashmalari kardiologiya boʻlimlarini jihozlash uchun 600 mln soʻm beriladi.

7 iyun kuni Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevning pul ajratish boʻyicha farmoyishlari eʼlon qilindi.
Jumladan, viloyatdagi 239 ta mahallada "Keksalar guruhi" rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun byudjetning oshirib bajarilgan mablagʻlari hisobidan 145 mln. soʻm beriladi.
Guliston shahar, "Sayqal" MFYda uylari buzilgan 18 ta xonadon egalariga yangi uy toʻlovi uchun 715 million soʻm ajratiladi.
Tuman va shaharlardagi tibbiyot birlashmalari kardiologiya boʻlimlarini jihozlash uchun 600 mln soʻm, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal etish uchun 500 mln. soʻm taqdim etiladi.
Kasaba uyushmalari tizimiga qarovchi "Bolalar sogʻlomlashtirish va aholi salomatligini tiklash markazi"ga jami 1 mlrd. soʻm mablagʻ sarflanadi.
Bundan tashqari, Mirzo Ulugʻbek vorislari tanlovi tuman va viloyat bosqichlarini oʻtkazish va taqdirlash xarajatlariga 162 million soʻm viloyat hokimligiga ajratiladi.