platina.uz
Jamiyat

Qorovul va chilangar baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Olmaliqda issiqlik tarmoqlari chilangari  4 iyun kuni beton quyish ishlari jarayonida ogʻir tan jarohati olib vafot etgan.

Qorovul va chilangar baxtsiz hodisa qurboniga aylandi

Toshkent viloyatida qorovul va chilangar baxtsiz hodisa oqibatida qurbon boʻldi. Bu haqda viloyat Kambagʻallikni qisqartish va bandlik boshqarmasi eʼlon qilgan ikki buyruqda maʼlum qilingan.

Aytilishicha, Ohangaron tumanidan joylashgan fermer xoʻjaligida MChJ qorovuli suv uchun oʻrnatilgan transformatordan tok urishi sabab vafot etgan.

Ikkinchi vaziyatda "Olmaliq issiqlik manbai" xabarnomasiga koʻra, issiqlik tarmoqlari chilangari 4 iyun kuni beton quyish ishlari jarayonida ogʻir tan jarohati olib vafot etgan.

Har ikkala hodisa yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi tuzilib, oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Olmaliq kon metallurgiya kombinatida ikki ishchi baxtsiz hodisa sabab vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid