platina.uz
Sport

Oʻzbekistonda ilk bor UzChess Cup xalqaro shaxmat musobaqasi boshlandi

Ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchi oʻrtasidagi musobaqa umumiy mukofot jamgʻarmasi 166 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Oʻzbekistonda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchilari oʻrtasida UzChess Cup xalqaro shaxmat musobaqasi oʻtkazilmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimi Yoshlar ishlari agentligi, Shakespear majmuasida 6 iyun kuni boʻlib oʻtdi. Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 5-15 iyun kunlari Oʻzbekistonda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchilari oʻrtasida umumiy mukofot jamgʻarmasi 166 000 AQSh dollarini tashkil etgan UzChess Cup xalqaro shaxmat musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Bundan maqsad mamlakatda shaxmat sportini yanada kengroq targʻib qilish va yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish, oʻzbekistonlik shaxmatchilarning bilim va tajribalarini yanada rivojlantirish, ularni munosib ragʻbatlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, havaskorlar va yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish.

Yoshlar ishlari agentligi hamda AloqaBank homiyligi ostida oʻtkazilayotgan ushbu turnir boshqalaridan ancha qiziqarli boʻlishi kutilmoqda. Maʼlumot uchun, Nodirbek Abdusattorov AloqaBank rasmiy ambassadori hisoblanadi.

Turnir uchta guruhda:

  • Masters guruhi FIDE reytingi 2700 va undan yuqori boʻlgan shaxmatchilar;
  • Challengers guruhi FIDE reytingi 2600 va undan yuqori boʻlgan shaxmatchilar;
  • Futures guruhi FIDE reytingi 2500 va undan yuqori boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Masters guruhida gʻolib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan shaxmatchilar 5 000 dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Challengers guruhida gʻolib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan shaxmatchilar 2 000 dollar miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Turnir tashkilotchilari: Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi va Yoshlar ishlari agentligining Uzchess loyihasi

Turnir bosh homiylari: AloqaBank, Uzbekistan Airways

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid