Isroil Gʻazodagi maktabga zarba berdi: 40 nafar bolalar va ayollar halok boʻlgan
Hodisa oqibatida tirik qolgan bolalar OAVga hodisa tafsilotlarini soʻzlab berdi.

6 iyun kuni Isroil Gʻazodagi maktabga havo hujumi uyushtirdi. HAMAS rasmiysining aytishicha, BMT qarorgohida boshpanada oʻtirgan jami 40 kishi - ayollar va bolalar halok boʻlgan.
Video tasvirlarda falastinliklarning jasadlari va koʻplab yaradorlarni shifoxonaga olib ketayotgani koʻrsatilgan.
Dayr al-Balohdagi "Al-Aqso shahidlari" shifoxonasida Imad al-Maqadmiy ismli falastinlik bola yuzi qattiq jarohatlangan va qon oqayotgan holda yerda yotibdi. U otasidan ayrilganini ham aytdi:
"Biz nima qildik? Maktabda qurollangan odam yoʻq edi. U yerdagilar faqat bolalar edi. Biz birga oʻynayotgandik... Nega bizni bombardimon qilishdi?"
Bolakay Reuters nashri taqdim qilgan videoda shunday degan.
AQSh boshqa davlatlar bilan birgalikda Isroil va HAMASni Gʻazo sektoridagi sakkiz oylik urushdan soʻng kelishuvni yakunlash uchun murosaga kelishga chaqirdi.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Majid Al-Ansoriy, HAMASning oxirgi oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga hali javob bermaganini va uni oʻrganishda davom etayotganini, Qatar, Misr va AQShning vositachilik harakatlari hamon davom etayotganini aytdi.
HAMAS manbalari javob beradigan hech qanday yangilik yoʻqligini, Isroil taklifi eski ekanligini va guruh buni rad etgani uchun urushni tugatish yoki Gʻazodan toʻliq chiqib ketish haqida gapirmaganini aytdi.
Isroil harbiylari yuqoridagi maktabga uyushtirilgan hujumni tan olmadi. Ularning qiruvchi samolyotlari "aniq zarba" berganini aytdi va qiruvchi samolyotlar joylashgani aytilgan binoning ikki qismi aks etgan sunʼiy yoʻldosh fotosuratlarini tarqatdi.
"Biz razvedka maʼlumotlariga juda ishonamiz", dedi isroillik podpolkovnik Piter Lerner Xamas va" Islomiy jihod" jangarilarini BMT obʼektlaridan ataylab operatsion baza sifatida foydalanganlikda aybladi.
Uning soʻzlariga koʻra, majmuada 20-30 nafar jangchi joylashgan va ularning koʻplari halok boʻlgan. "Mening tinch aholi orasida qurbonlar borligidan xabarim yoʻq va HAMAS aytgan har qanday narsani qabul qilishdan juda ehtiyot boʻlardim", dedi u.
Maktabdagilar qonga boʻyalgan sinf xonalarini vayronalardan tozalashar ekan, omon qolgan Huda Abu Daxer raketa ovozidan uygʻonganini tasvirlab berdi.
" Odamlarning qoldiqlari hovli ichida va tashqarisida sochilib ketgandi. Gaz balloni portlab ketgan", dedi u Reuters agentligiga. – Jiyanim shahid boʻlgan (oʻldirilgan), oyogʻi va qoʻlidan ayrilgan, 10 yoshli bola edi”.
UNRWA rahbari Filipp Lazzarinining aytishicha, BMT Falastin qochqinlar agentligi tomonidan boshqariladigan maktab oʻsha paytda 6000 koʻchirilgan odamga boshpana bergan. Bino bir vaqtlar maktab sifatida ishlatilgan, ammo hozirda Gʻazoda maktablar ishlamay turib, u boshpana sifatida foydalanilyotgan edi.




