platina.uz
Jahon

AQSh Gruziya rasmiylariga sanksiyalar joriy etilishini eʼlon qildi

Tbilisi tomoni bu qarorni xato deb atab, "uning tuzatilishi"ga umid bildirgan. 

AQSh Gruziya rasmiylariga sanksiyalar joriy etilishini eʼlon qildi

AQSh Gruziyaning ayrim rasmiylariga nisbatan cheklovlar joriy etmoqda.

"Gruzin orzusi" partiyasi aʼzolari, parlament vakillari, chet el agentlari toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish va namoyishchilarni tarqatish uchun masʼul xavfsizlik xodimlariga viza cheklovlari qoʻyiladi.

AQSh inson huquqlari buzilishiga aloqador deb hisoblangan oʻnlab Gruziya fuqarolariga nisbatan viza cheklovlari joriy qilmoqda, deya maʼlum qildi Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller brifingda.

Sanksiyalarga mamlakat parlamenti aʼzolari va ularning oila aʼzolari ham kirdi.

Miller Gruziyaga nisbatan Davlat kotibi Antoni Blinken tomonidan eʼlon qilingan yangi viza cheklovlari siyosatini, shu jumladan xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun tufayli eʼlon qilinganini esladi.

“Viza cheklovlarining birinchi roʻyxatiga "Gruziya orzusi" partiyasi aʼzolari, parlament aʼzolari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va oddiy fuqarolar kiradi”, — dedi Davlat departamenti vakili.

Qoʻshma Shtatlar ularni demokratiya va yigʻilish erkinligini bostirish hamda tinch namoyishchilarni zoʻravonlik bilan tarqatish uchun javobgar deb biladi.Uning soʻzlariga koʻra, Vashington Gruziya rahbariyati oʻz qadamlarini qayta koʻrib chiqib, "bayon qilingan demokratik va yevroatlantika intilishlari"ga qaytishini kutmoqda, aks holda Qoʻshma Shtatlar qoʻshimcha choralar koʻradi.

Gruziya bosh vvaziri oʻrinbosari Teya Sukuliani AQShning bu qarorini xato deb atab, uni tuzatishga umid qilishlarini aytdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid