platina.uz
Jamiyat

Toshkentda elektr tarmoqlari va sport tadbirlari uchun milliardlab mablagʻ ajratiladi

Shuningdek, Uchtepadagi perinatal markaz uchun 1,6 mlrd. soʻm beriladi. 

Toshkentda elektr tarmoqlari va sport tadbirlari uchun milliardlab mablagʻ ajratiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi mahalliy byudjetning 2024 yilgi qoʻshimcha manbalarini xarajatlarga yoʻnaltirish boʻyicha qarorni eʼlon qildi.

Unda jami qariyb 17 mlrd. soʻm mablagʻ turli maqsadlar uchun sarflanishi koʻzda tutilgan.

Jumladan, maʼnan va jismonan eskirgan "L-Parkent 1,2" kabel tarmoqlarni yangilash uchun "Toshkent shahar elektr tarmoqlari"ga 5,1 mlrd. soʻm beriladi.

Uchtepa tumanidagi perinatal markazga 5 turdagi 11 dona zamonaviy asbob-uskunalar xaridi uchun 1,6 mlrd. soʻm, "Sport va ommaviy tadbirlarning tasdiqlangan rejasi" musobaqalarni tashkil etish va oʻtkazish uchun 10 mlrd. soʻm ajratiladi. Bundan tashqari 150 mln. soʻmga 20 dona koʻcha zamonaviy biotualet sotib olinadi.

Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi byudjet mablagʻlarini sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarini kuchaytiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid