platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev turk aerokosmik kompaniyasida boʻldi

Kompaniya havo texnikasi, uchuvchisiz uchish qurilmalari va sunʼiy yoʻldoshlarni loyihalashtirish, ishlab chiqishda yetakchi sanaladi. 

Shavkat Mirziyoyev turk aerokosmik kompaniyasida boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida 6 iyun kuni “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Davlat rahbariga kompaniya mahsulotlari namunalari, ishlab chiqarish jarayoni va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari taqdimot qilindi.

1984 yilda tashkil etilgan kompaniya turgʻun va aylanma qanotli havo texnikasi, uchuvchisiz uchish qurilmalari va sunʼiy yoʻldoshlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va aerokosmik tizimlarni integratsiyalash sohalarida Turkiyaning yetakchi texnologiya markazidir.

2023 yilda “Turkish Aerospace Industries Inc.” dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyalari roʻyxatiga kirdi. Korxonaning yillik daromadi 1,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Shavkat Mirziyoyev turk aerokosmik kompaniyasida boʻldi

Kompaniyada 15 mingdan ziyod xodim, shu jumladan 7 mingga yaqin muhandislar, 6,5 mingdan ortiq texniklar va boshqa ishchilar mehnat qiladi.

Tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidentiga Turkiya mudofaa sanoatining keng turdagi qurol-yarogʻ va harbiy texnikani ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa korxonalari faoliyati ham taqdimot qilindi.

Aviatsiya texnikasining namoyish parvozlari ham oʻtkazildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid