platina.uz
Jahon

Rossiyada ikki tramvay toʻqnashdi, yuzga yaqin kishi jabrlangan

Bundan tashqari bir yoʻlovchi vafot etgan. Aytilishicha, tramvaylardan birining tormozi ishlamay qolgan. 

Rossiyada ikki tramvay toʻqnashdi, yuzga yaqin kishi jabrlangan

Rossiyaning Kemerovo shahrida tramvay toʻqnashuvi oqibatida 90 kishi jabrlandi, ulardan uch nafarining ahvoli ogʻir, dedi hudud gubernatori. Shuningdek, bir kishi vafot etgan, jabrlanganlarning yetti nafari bolalardir.

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar koʻrsatish yuzasidan ish qoʻzgʻatilgan.

"Jabrlanganlardan uch nafarining ahvoli ogʻir – ikkitasi reanimatsiyada, biri operatsiya xonasida. Shifokorlar hayotlari uchun kurashmoqda. Oʻn kishi ambulator davolanishga joʻnatildi", — deb yozdi Kemerovo viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Ilya Seredyuk oʻz Telegram-kanalida.

Avvalroq shahar meri Dmitriy Anisimov jabrlanganlar soni 50 nafarni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi. Voqea sodir boʻlgan hududda transport harakati toʻsib qoʻyilgan, bepul transport yoʻnalishlari tashkil etilgan. Qurbonlarning qarindoshlari uchun ishonch telefoni mavjud.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da Logovaya shossesida sodir boʻlgan. Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, avariyaga texnik nosozlik sabab boʻlgan — tramvaylardan birining tormozi ishlamay qolgan.

Tergov qoʻmitasi xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar koʻrsatish (Jinoyat kodeksining 238-moddasi 2-qismi) boʻyicha ish qoʻzgʻatdi, bu olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mahalliy prokuratura ham tergov boshlagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid