Putin Gʻarbga qarshi kurashayotgan davlatlarga qurol yetkazib berish bilan tahdid qildi
Rossiya prezidenti rasmiy Moskva oʻz suverenitetiga tahdid koʻrsa, yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini yana bir bor eʼlon qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Gʻarbga hujum qilish uchun snayperlardan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi va yadroviy qurol variantida ham qatʼiy qolishini taʼkidlab oʻtdi.
Dunyo axborot agentliklari bilan boʻlib oʻtgan brifing chogʻida u Gʻarbning soʻnggi paytlardagi harakatlari xalqaro xavfsizlikka yanada putur yetkazishi va "juda jiddiy muammolar"ga olib kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Vladimir Putin NATO ittifoqchilarining Ukrainaga Rossiya tomonga hujum qilish uchun qurol ishlatishiga ruxsat berganiga javoban Gʻarbga zarba berish uchun davlatlarni snayper va raketa qurollar bilan taʼminlashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
"Bu ularning Rossiya Federatsiyasiga qarshi urushda bevosita ishtirok etishini anglatadi va biz ham xuddi shunday harakat qilish huquqini saqlab qolamiz" – deydi Putin.
Rossiya prezidenti, shuningdek, Moskva oʻz suverenitetiga tahdid koʻrsa, yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini yana bir bor eʼlon qildi.
Bu bayonot AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya Ukrainaga yetkazib berilayotgan uzoq masofali qurollar bilan Rossiya hududini nishonga olishga ruxsat berganidan keyin sodir boʻldi.
“Agar ular bizning hududimizga zarba berish uchun jangovar zonaga bunday qurollarni yetkazib berish va bizga muammo tugʻdirish mumkin deb hisoblasalar, nega biz dunyoning baʼzi mintaqalariga xuddi shunday qurollarni yetkazib berishga haqqimiz yoʻq?" - dedi Putin.
“Yadroviy quroldan foydalanish haqida savol berilganda, Putin shunday javob qildi:
“Negadir ular(Gʻarb) Rossiya bundan hech qachon foydalanmaydi, deb ishonishadi. Ammo bu mamlakatning yadroviy doktrinasida aniq qilib yozilgan: "Agar kimningdir xatti-harakatlari suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizga tahdid soladigan boʻlsa, biz oʻz ixtiyorimizdagi barcha vositalardan foydalanishimiz mumkin, deb hisoblaymiz".
Uch soatdan koʻproq davom etgan munozaralarda Rossiya prezidenti noyabr oyida boʻlib oʻtadigan AQSh saylovlarida Jo Bayden yoki Donald Tramp gʻalaba qozonishidan qatʼi nazar, Rossiya-AQSh munosabatlarida hech narsa oʻzgarmasligini qoʻshimcha qildi.
“Biz Amerika xalqi saylagan har qanday prezident bilan ishlaymiz. Va men chin dildan aytamanki, biz saylovdan keyin Amerika siyosatida Rossiya yoʻlida nimadir oʻzgarishiga ishonmaymiz"- dedi Putin.
