platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Saudiyada boʻlib turgan muftiy bilan muloqot oʻtkazdi

 Prezident Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida soʻragan.

Shavkat Mirziyoyev Saudiyada boʻlib turgan muftiy bilan muloqot oʻtkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbari muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida soʻragan.

"Shayx Nuriddin Xoliqnazar Shavkat Mirziyoyevga, avvalo, muborak joylarda ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi.

Bu yil ham Haj tadbirlari yuqori saviyada, tartibli tashkil etilgani taʼkidlandi. Hududlardagi Haj markazlari orqali ishlar uyushqoqlik bilan olib borildi. Vazirlar Mahkamasi boshchiligida Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa tuzilmalar hamkorligida ziyoratchilar uchun barcha sharoit yaratildi.

Ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoshimiz Saudiya Arabistonida boʻlib turibdi. Jami 15 ming 130 nafar fuqaro Haj ibodatiga muyassar boʻladi. Ularga 300 nafar guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali shifokor, oshpazlar, tarjimonlar va boshqa koʻmakchilar hamrohlik qiladi.

Bu yildan boshlab bir yangilik – Saudiya Arabistonida boʻlib turgan diniy soha xodimlari hamda qori ziyoratchilar tomonidan Qurʼoni karimni xatm qilish yoʻlga qoʻyildi. Hozirgacha 1 ming 515 ta xatm oʻqilib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilingan" deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari yurtdoshlar muqaddas Haj ibodatini mukammal ado etib, sogʻ-omon kelishlarini tiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid