platina.uz
Jamiyat

Samolyotda spirtli ichimlik ichib uxlab qolish ogʻir oqibatlarni keltirishi aniqlandi

Olimlar samolyotda alkogol va havo bosimining kombinatsiyasi yurakka zoʻriqish keltirishi mumkinligini aniqladi. 

Samolyotda spirtli ichimlik ichib uxlab qolish ogʻir oqibatlarni keltirishi aniqlandi

Nemis olimlari samolyotda alkogol va kabinadagi bosimning kombinatsiyasi uxlab yotgan yoʻlovchilarning yuraklariga zoʻriqish keltirishi mumkinligini aniqladi.

Aytishlaricha, ular, odatda, parvoz paytida kuzatiladigan past havo bosimida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilgandan keyin uxlab qolsa, qondagi kislorod darajasi pasayib, yurak urishi tezlashar ekan - hatto sogʻlom va yosh boʻlganlarda ham.

Tadqiqot hammuallifi doktor Eva-Mariya Elmenxorst AQShdagi NBC News hamkor tarmogʻiga bergan intervyusida: "Biz taʼsir shunchalik kuchli ekanligini koʻrib hayron qoldik", - dedi. "Iltimos, samolyotda boʻlganingizda spirtli ichimliklarni ichmang”.

Thorah jurnalida tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, yurak muammolari boʻlgan yoʻlovchilarda kabina bosimining pasayishi tufayli simptomlarning kuchayish xavfi ortadi. Bortda tez-tez isteʼmol qilinadigan spirtli ichimliklar ham xuddi shunday taʼsirga ega, dedi ular.

Germaniyadagi Aerokosmik tibbiyot instituti olimlari ham shunday fikrda: "Samolyotda spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish sogʻligida muammosi borlar uchun xavf hisoblanadi, uni osongina oldini olish mumkin - samolyotda alkogolli ichimliklarni cheklash kerak", - dedi.

Tadqiqot uchun spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish va uyquning taʼsirini xipobarik (havo bosimi past boʻlgan) muhitda sinab koʻrdilar. Ular 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan 48 kishini ikki kecha davomida ikki xil muhitda - uyqu laboratoriyasida va balandlik kamerasida baholashdi. Ishtirokchilar yotishdan oldin spirtli ichimliklar isteʼmol qildi. Yosh, sogʻlom odamlar uchish paytida ichishdan yuraklariga jiddiy zarar yetkazmasliklari mumkin boʻlsada, doktor Elmenxorst "kislorod bilan toʻyinganlikning pasayishi va yurak urish tezligining oshishi oldindan mavjud kasalliklarni yanada kuchaytirishi mumkin" deya taʼkidladi.

"Uyqu paytida kislorod bilan toʻyinganlik juda past darajaga tushdi. Shuning uchun, hatto kimdir sogʻlom boʻlsa ham, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaslikni tavsiya qilaman", - deydi doktor Elmenxorst.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid