Oʻzbekiston Baydenning Gʻazo boʻyicha rejasini olqishladi
AQSh tomoni taashabbusi urushni tugatish, asirlarni ozod etishni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston AQSh prezidenti Jo Baydenning Gʻazodagi urush boʻyicha tinchlik rejasini olqishladi.
"Biz Gʻazo sektorida tinch aholi, ayniqsa ayollar va bolalar qurbonlari boʻlgan toʻqnashuvlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Bu holat bizni chuqur xavotirga solmoqda.
Oʻzbekiston mojarolarni faqat tinch yoʻl va barcha mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori.
Shu munosabat bilan inqirozni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biz barcha mamlakatlarning harakatlarini, jumladan, AQShning oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlarni ozod qilish va tinch hayotni tiklash boʻyicha tashabbusini olqishlaymiz" deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.
Eslatib oʻtamiz, AQSh tomoni rejasida Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod etish boʻyicha rejani eʼlon qilgandi. Isroil tomoni esa urushni 42 kunga toʻxtatishga tayyorligini bildirdi.
Telegramda kuzatib boring!