Narendra Modi partiyasi saylovda qiyinchilik bilan gʻalaba qozondi
Hindistondagi saylovlarda Bharatiya Janata partiyasi boshchiligidagi hukmron alyans 274 oʻrinni qoʻlga kiritdi. Muxolifat esa jiddiy muvaffaqiyatga erishdi.

Hindistonda aprel oyidan boshlangan eng yirik parlament saylovlari oʻz nihoyasiga yetdi.
Saylov yakunlariga koʻra, amaldagi hukumat rahbari Narendra Modi uchinchi marta Hindiston bosh vaziri boʻladi, lekin uning partiyasi mutlaq koʻpchilikni yoʻqotdi.
Hindistonda boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda koʻpchilik ovozlar hisoblanib, Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi partiyalar ittifoqi hukumatni shakllantirish uchun zarur boʻlgan 272 oʻrinni egallash chegarasiga yetdi.
Saylov komissiyasi veb-saytiga koʻra, Modining Bharatiya Janata partiyasi boshchiligidagi hukmron alyans 274 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Biroq partiyaning oʻzi 226 ta tasdiqlangan oʻringa ega boʻlib, parlamentdagi mutlaq koʻpchilikni yoʻqotdi.
Modi partiyasi 543 oʻrinning 240 tasini qoʻlga kiritishi kutilmoqda, bu esa saylov kampaniyasi boshida bosh vazir belgilagan 400 oʻrindan ancha past.
Hindiston Milliy Kongressi partiyasi yetakchiligidagi «Hindiston» muxolifat alyansi 193 oʻrinni qoʻlga kiritdi, bu esa kutilgan natijalardan ancha yuqori boʻldi.
Bu, muxolifat yetakchisi Rahul Gandiga koʻra, bosh vazir oʻzining eng ulugʻvor rejalaridan, jumladan, konstitutsiyani oʻzgartirish bilan bogʻliq rejalaridan voz kechishiga toʻgʻri keladi.
Gʻalabasini nishonlar ekan, Modi yangi hukumatni shakllantirishga tayyor ekanini aytdi.