platina.uz
Jamiyat

Ishchi guruh koʻrgan bogʻchalarni darhol yopish kerak – Nurmat Otabekov

Andijon viloyatidagi bogʻchalarning ayrimlarida chirigan kartoshka ovqatga qoʻshilgani aniqlangan. 

Ishchi guruh koʻrgan bogʻchalarni darhol yopish kerak – Nurmat Otabekov

Oliy majlis Senati vakillaridan tuzilgan ishchi guruh Andijon viloyatidagi Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyati, xususan, ularda bolalarni ovqatlantirish masalasi bilan tanishdi.

Tekshiruvlar davomida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlangan.

Xususan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, MTTMlar ovqat tayyorlash uchun olib keladigan masalliq va oziq-ovqatlar sanitariya normalari va talablariga zid sharoitda saqlanadi. Chirigan va koʻklab ketgan kartoshkalar tashlab yuborilmasdan, bolalar uchun tayyorlanayotgan ovqatga ishlatiladi.

“MTTMlarda idish-tovoqlar ham yetishmaydi”, deydi Otabekov. – “Chetlari singan. Demak ular bolalarning labini, lunjini tilini kesish ehtimoli bor. (MTTMlar) tegishli talablarga rioya etmagan. Termometrlar mavjud boʻlsada, oziq-ovqatlar talablar asosida saqlanmagan, maxsus xonalar jihozlanmagan. Faqat negativ holatlar kuzatildi. Nazarimda 4 tumandagi mutasaddilarga nisbatan qattiqroq choralar koʻrish kerak, toki bu boshqalarga ibrat boʻlsin”.

Nurmat Otabekovning aytishicha, Senat ishchi guruhi borib koʻrgan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishlashi kerak emas, ularning faoliyatini darhol toʻxtatish kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid