platina.uz
Jamiyat

Firdavs Abduholiqov Islom sivilizatsiyasi markaziga direktor etib tayinlandi

Bu lavozimda shu paytgacha prezident sobiq maslahatchisi Shoazim Minovarov ishlab kelayotgandi. 

Firdavs Abduholiqov Islom sivilizatsiyasi markaziga direktor etib tayinlandi

Firdavs Fridunovich Abduxalikov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlandi.

Abduholiqov shu paytgacha Kinematografiya agentligi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.

Shu munosabat bilan Shoazim Shoislamovich Minovarov ushbu lavozimdan ozod kilindi.

Minovarov 2017 yil iyul oyidan bbuyon bu lavozimda ishlab kelayotgandi. U oʻz vaqtida prezident maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid