platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimidan tushirildi

Kecha prezident oʻtkazgan yigʻilishda turizm boʻyicha masʼullar keskin tanqid qilingan edi.

Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimidan tushirildi

Toshkent viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Babajanov Jamshid Xakimovich lavozimidan ozod etilib, v.b boʻldi.

U 2021 yilda ushbu lavozimga tayinlangandi.

Jamshid Babajonov 1980 yilda tugʻilgan, — Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi sanaladi. (2007).

U hokim oʻrinbosari boʻlgunga qadar Turizm va sport vazirligi huzuridagi "Milliy PR-markaz" davlat unitar korxonasini boshqargan.

Eslatib oʻtamiz, kecha oʻtkazilgan prezident yigʻilishida Toshkent shahar hokimining turizm boʻyicha oʻrinbosari Fahriddin Davrukov ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid