Isroil urushni 42 kunga toʻxtatishga tayyorligini eʼlon qildi
Netanyahuning aytishicha, garovdagilar ozod etilgach, janglar davom etadi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazo sektoridagi harbiy harakatlarni 42 kunga toʻxtatishga tayyorligini aytdi. Uning aniqlik kiritishicha, shundan soʻng operatsiya davom etadi.
"Isroil garovga olinganlarni qaytarish uchun harbiy harakatlarni 42 kunga toʻxtatishi mumkin. Ammo biz urushni toʻxtata olmaymiz. Eronliklar va barcha dushmanlarimiz taslim boʻlishimizni kutib, bizga qarab turibdi. Koʻp yolgʻon xabarlar tarqalmoqda", — degan Netanyaxu Knesset (parlament) Tashqi ishlar va mudofaa qoʻmitasidagi yopiq yigʻilishda. Uning soʻzlari Israel Hayom gazetasi tomonidan keltirilmoqda.
2023 yil 7 oktabrdan beri Isroil va Falastinning HAMAS harakati oʻrtasida urush davom etmoqda. Isroil Gʻazo sektoridagi urushi sabab 36 ming falastinlik halok boʻlgan. May oyida isroillik harbiylar Rafah oʻtish joyining Falastinga qarashli qismini nazorat ostiga oldi, Isroil armiyasi unga kirib borishi bilan Gʻazo sektori aholisi hududni tark etdi. Shundan soʻng AQSh prezidenti Jo Bayden, agar qoʻshinlari Rafahga kirsa, AQSh Isroilga qurol yetkazib bermasligini aytdi.
24 may kuni Xalqaro sud Isroilga Rafahdagi amaliyotini toʻxtatishni va falastinliklarga qarshi genotsid haqidagi xabarlarni tekshirish uchun xalqaro inspektorlar guruhini anklavga kiritishni buyurdi. 27 mayga oʻtar kechasi Isroil Rafahga hujum uyushtirdi va qochqinlar lageriga zarba berdi.
Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi kamida 45 kishi halok boʻlgani va 200 dan ortiq kishi jarohat olganini maʼlum qildi.
Shuningdek, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Gʻazoda urushni tugatish boʻyicha rejani eʼlon qilgandi.
Telegramda kuzatib boring!