platina.uz
Iqtisod

Davlat kompaniyalarining eksklyuziv huquqlari bekor boʻladi

Prezidentning bu farmoni JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida muhim qadam ekani aytilmoqda.

Davlat kompaniyalarining eksklyuziv huquqlari bekor boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyun kuni qator davlat kompaniyalarining iqtisodiy faoliyat olib borish boʻyicha eksklyuziv huquqlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi Farmonga imzo chekdi.

Ushbu hujjat erkin bozor yaratish uchun amalga oshirilayotgan choralarning uzviy davomi boʻldi.

Farmon qora va rangli metallarni qayta ishlash, kimyo sanoati, telekommunikatsiya va energetika kabi qator sohalarda yangi davrni boshlab beradi.

"Biz Jahon Savdo Tashkilotining eng asosiy shartlaridan biri – barcha uchun teng va erkin raqobat sharoitini yaratish prinsipiga amal qilgan holda, mamlakatimizning ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish borasida qarori qatʼiy ekanini yana bir bor namoyish qilmoqdamiz" deya izoh beradi prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Investitsiya va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Oʻzbekiston 2026 yilgacha JSTga aʼzo boʻlishi niyatida ekanini aytgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid