Angliya termasi Yero-2024ning eng asosiy favoriti deb topildi
Amaldagi Yevropa chempioni boʻlgan italiyaliklarning oʻz unvonini himoya qilish imkoniyati esa 5 foizga teng.

Futbol boʻyicha Angliya terma jamoasi Germaniyada boʻlib oʻtadigan 2024 yilgi Yevropa chempionatining asosiy favoriti deya topildi. Opta statistik kompaniyasining superkompyuteriga koʻra, uning gʻalaba qozonish ehtimoli 19,9 foizga baholanmoqda.
Top-5 favorit jamoaga Fransiya (19,1 foiz), Germaniya (12,4 foiz), Ispaniya (9,6 foiz) va Portugaliya (9,2 foiz) terma jamoalari ham kirgan.
Oʻz tarixida biror marta Yevropa chempioni boʻlmagan inglizlar Daniya, Sloveniya va Serbiya terma jamoalari bilan birga C guruhida ishtirok etadi.
Amaldagi Yevropa chempioni boʻlgan italiyaliklarning oʻz unvonini himoya qilish imkoniyati, Opta maʼlumotlariga koʻra, 5 foizga teng.
Turnirda gʻalaba qozonish imkoniyati eng past (0,1%) Gruziya jamoasidir.

Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulga qadar Berlin, Kyoln, Frankfurt-na-Mayn, Gilzenkirxen, Gamburg, Leypsig, Myunxen, Shtutgart va Dortmundda boʻlib oʻtadi.