platina.uz
Jamiyat

Xorazmda oʻzbek-turkman doʻstligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi

Tadbir “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi bilan boshlandi. Unda Milliy gvardiya otliqlari va texnikasi ishtirok etdi. 

Xorazmda oʻzbek-turkman doʻstligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi

Xorazm viloyati “Turkmanlar” MFYda “Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz” shiori ostidagi madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Prezident maslahatchisi oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi boshchilik qildi.

Shu kuni mahalladagi “Ulli hovli” majmuasida odam gavjum boʻldi. Yosh sanʼatkorlar mehmonlarni doira va karnay-surnay sadolari bilan qarshi olishdi.

Tadbir “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi bilan boshlandi. Unda Milliy gvardiya otliqlari va texnikasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. “Armiyam – faxrim” shiori ostida harbiy orkestr va harbiylarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

“Ulli hovli”ga tashrif buyurgan mehmonlar majmuada sayyohlik imkoniyati bilan yaqindan tanishdilar. Bugungacha saqlab qolingan milliy urf-odatlar, anʼanalar namunalarini koʻzdan kechirdilar.

Tadbir doirasida hunarmandchilik va milliy mahsulotlarning koʻrgazmalari, mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muasasasalari vakillari yangi nashrlar taqdimoti, ilmiy ishlanmalari bilan qatnashishdi. Yoshlarni nafaqat bilimli boʻlishlari, balki hunar egasi boʻlishlari uchun taʼlim muassasalarida yetarlicha sharoit va imkoniyatlar yaratilganligi ushbu koʻrgazmada namoyish etildi.

Koʻrgazmalar davomida “Uch avlod uchrashuvi”, "Kitobxon bolalar”, yoshlarning taniqli yozuvchi va shoirlar bilan suhbati, turli hil sport musobaqalari oʻtkazildi.

Shu bilan birga, ishsiz boʻlgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida Prezident sovgʻasi sifatida ayollarga tikuv mashinalari topshirildi.

Tadbir taniqli musiqiy jamoalar konserti bilan yakunlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid