platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatining ayrim hududlarida suv narxi salkam 4 karra oshirilyapti

Yangi narxlar 10 iyun sanasidan boshlab amal qiladi. 

Toshkent viloyatining ayrim hududlarida suv narxi salkam 4 karra oshirilyapti

Toshkent viloyatining baʼzi hududlarida ichimlik suvi narxlari salkam 4 barobar oshiriladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan "Yangi Angren" IES AJ tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi narxlari eʼlon qilindi.

Qaror bugun, 3 iyun sanasida eʼlon qilingan.

Unga koʻra, aholi uchun bir metr kub suv narxi 10 iyundan boshlab 840 soʻmgacha oshadi (QQS bilan). Hozirgi narx esa 224 soʻmni tashkil etadi. Ulgurji isteʼmolchilar uchun ham narxlar huddi shu miqdorni tashkil etadi. "Yangi Angren" IES narxlarning muddatidan avval oshib ketmasligi uchun javobgar etib belgilandi.

Avval Xorazmda 16 iyundan ichimlik va oqova suv narxlari oshishi xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid