Qozogʻistonga eksport qilingan pomidorlarda zararli kasallik aniqlandi
Mamlakatga yil boshidan buyon 15 ming tonnadan ziyod pomidor eksport qilingan, uning aksariyati Turkmaniston va Oʻzbekiston hissasiga toʻgʻri keladi.

Qozogʻiston 30 tonnaga yaqin pomidor zararlangani ularni sababli eksport qiluvchi mamlakatlarga qaytardi. Bu haqda Tengrinews Qishloq xoʻjaligi vazirligining Agrosanoat majmuasidagi davlat nazorati qoʻmitasiga asoslanib xabar bergan.
Joriy yilda Turkiston viloyatida joylashgan fitosanitariya nazorati postlari orqali umumiy hisobda 1075 ta avtomashinada joʻnatilgan 15 637 802 tonna pomidor mahsuloti olib kirildi. Shu bilan birga, fitosanitariya talablari buzilganligi (fitosanitariya sertifikati, yorligʻi yoʻqligi) tufayli hajmi 29,522 tonnani tashkil etgan tartibga solinadigan pomidor eksport qiluvchi davlatga qaytarildi.
Mahsulotlarning yashirin zararlanishini aniqlash maqsadida boshqa davlatlardan olib kelingan pomidor, baqlajon, shirin qalampirning har bir partiyasi tegishli karantin fitosanitar ekspertizasidan oʻtkazildi, natijada "jigarrang ajinli pomidor mevasi virusi" aniqlandi.
Mahsulotlar zararlangani sababli 56,1 tonna pomidor Turkmaniston Respublikasiga, 4,2 tonna pomidor Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarildi.
Shuningdek, 2024 yil boshidan buyon fitosanitariya talablariga javob bermaydigan, import qilingan 497 ming 624 tonna import nazorati ostidagi mahsulotlar fitosanitariya nazorati punktlariga qaytarilgan.