platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistondagi ayollar tadbirkorlikda yetakchi boʻlmoqda

Bunda ularga “Mikrokreditbank”dan olingan kreditlar katta yordam bermoqda.

Qoraqalpogʻistondagi ayollar tadbirkorlikda yetakchi boʻlmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor sabab, tadbirkor ayollar soni yildan yilga ortmoqda.

Respublikamizning barcha hududlarida ayollarning biznes loyihalarini moliyalashtirishda “Mikrokreditbank” ATB ham faol ishtirok etib keladi. Bu borada bank koʻmagida oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan koʻplab ayollarimizni eʼtirof etishimiz mumkin. Jumladan, Qoraqalpogʻistonlik tadbirkor ayollarimizning bugungi faoliyati ham alohida tahsinga loyiq.

Xususan, Amudaryo tumanida faoliyat yurituvchi YaTT Gulfiya Xudayberganova uy-bogʻcha ochish maqsadida bankning 157 million soʻmlik kredit mablagʻlaridan foydalangan holda tuman aholisi uchun nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini ochdi. Ayni damda 5 nafar ayol-qizni ish bilan taʼminlab, oʻz tabdirkorligini yanada kengaytirish niyatida.

Qoraqalpogʻistondagi ayollar tadbirkorlikda yetakchi boʻlmoqda

Chimboy tumanidan “Altin sandiq” MChJ rahbari Sarvinoz Dauletniyazova ham bankdan non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar sotib olish maqsadida 271 million soʻm miqdorda kredit olib, oʻz tadbirkorligini yanada kengaytirdi va 4 nafar ayol-qizni ish bilan taʼminladi.

Nukus shahridagi “MIYRAS STOM” MChJ rahbari Endira Utambetova stomatologiya xizmatlariga asbob-uskuna sotib olish uchun bankdan 200 000 000 soʻm kredit oldi va 4 nafar ayolni ishli qildi.

Bugun bu kabi ayol tadbirkorlarimizning faoliyati haqida koʻplab misollar keltirish mumkin. Chunki ular oʻz tadbirkorligi orqali jamiyatimizda munosib oʻringa ega boʻlish bilan birga mahallasidagi yoshlar hamda ayollarni ish bilan taʼminlamoqda, shuningdek, bankdan olingan kreditdan oqilona foydalanmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy yilning oʻtgan 5 oyi davomida 2 ming nafardan ortiq xotin-qizning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga 23 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar Qoraqalpogʻistondagi ayol tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirildi.

Bank Axborot xizmati

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid