platina.uz
Jamiyat

Poytaxt hokimining turizm boʻyicha oʻrinbosari ishdan olindi

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev turizm boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazmoqda.

Poytaxt hokimining turizm boʻyicha oʻrinbosari ishdan olindi

Toshkent shahri hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident tomonidan oʻtkazilayotgan selektorda maʼlum qilindi.

Oxirgi yillarda poytaxtda “Toshkent siti”, “Toshkent moll”, “Medjik siti” kabi turizm maskanlari barpo etildi. Bu majmualarga yiliga 4 milliondan ziyod odam tashrif buyuryapti, ularning 35 foizidan koʻpi xorijiy turistlar.

Lekin poytaxt hokimligi oʻz tashabbusi bilan yangi takliflar bilan chiqmayotgani tanqid qilindi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shu bois Toshkent shahri hokimining turizm masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Davrukov lavozimidan ozod etildi. Bosh vazirga turizm boʻyicha har bir hokim oʻrinbosari ishiga baho berish topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid