platina.uz
Siyosat

Narzullo Oblomurodov agrar univesitetga prorektor etib tayinlandi

U  2021 yilda Ekologik partiyadan prezidentlik saylovida qatnashib, 4,1 foiz ovoz toʻplagandi. 

Narzullo Oblomurodov agrar univesitetga prorektor etib tayinlandi

Oblomuradov Narzullo Naimovich – Toshkent davlat agrar universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Toshkent moliya instituti prorektori lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval Ekologiya vaziri oʻrinbosari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi rahbari lavozimlarida ham ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Narzullo Oblomurodov 2021 yilda Ekologik partiyadan Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 24 oktabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, 4,1 foiz ovoz bilan toʻrtinchi oʻrinni olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid