Isroilning Suriyaga zarbasi oqibatida 12 kishi halok boʻldi
"Al-Arabiya" xabariga koʻra, hujum Suriya armiyasi tomonida jang qilayotgan "Hizbulloh" jangarilari lageriga qaratilgan.

Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari Aleppo shahri yaqinidagi hududlarga zarbalar berdi, deya xabar berdi Suriya Mudofaa vazirligi.
Suriyadagi Inson huquqlari monitoringi markazi (Londonda joylashgan, muxolifatga yaqin) maʼlumotlariga koʻra, kamida 12 nafar eronparast jangari halok boʻlgan.
AL-Hadaht telekanali maʼlumotlariga koʻra, Halab shimolidagi kichik shaharcha — Hayyandagi mis eritish zavodiga aviazarbalar berilgan. Suriya matbuotiga koʻra, mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari toʻsiqlardan oʻt ochgan va bir nechta raketalarni urgan.
"Al-Arabiya" xabariga koʻra, hujum Suriya armiyasi tomonida jang qilayotgan "Hizbulloh" shia jangarilari lageri joylashgan hududga qaratilgan.
May oyi oxirida Suriyaning Xoms viloyatidagi harbiy bazaga berilgan aviazarba natijasida olti nafar shia jangari halok boʻlgandi. Isroil harbiy-havo kuchlari El Furuklus qishlogʻidagi nishonlarga hujum qildi, bir necha yonilgʻi tashuvchi tanker yoʻq qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 1 aprel kuni Isroil Eronning Damashqdagi konsulligiga hujum qilgan va oqibatda yuqori rutbali amaldorlar halok boʻlgandi.




