Real Yevropa Chempionlar ligasi finalida gʻalaba qozondi
Qirollik klubi tarixda 15-marta ushbu sovrinni qoʻlga kiritdi.

Londondagi "Uembli" stadionida Yevropa Chempionlar ligasi finali boʻlib oʻtdi.
Unda Madridning Real jamoasi Dortmundning Borussiya klubiga qarshi maydonga chiqdi.
Uchrashuv natijasi asosiy vaqtlarda hal etildi.Gollarni 74-daqiqada Dani Karvaxal va 83-daqiqada Vinisius Junior kiritdi. Shu tariqa Real yana bir bor Yevropaning eng yaxshi klubiga aylandi. Soʻnggi bor madridliklar 2022 yilda ushbu sovrinni qoʻlga kiritgan edilar.
Oʻtgan 2023 yilda esa Manchester Siti YeChL kubogini yutgandi.
Real shuningdek, tarixda eng koʻp YeChL gʻolibi boʻlgan klub boʻlib qolmoqda. Madrid jamoasi oʻz tarixida 14 marta ushbu sovrinni yutgan.