platina.uz
Jamiyat

Oʻzbek snayperlari xalqaro musobaqada birinchi boʻldi

Shuningdek, uumumiy shartlarda merganlar besh marta rekord natija koʻrsatdi. 

Oʻzbek snayperlari xalqaro musobaqada birinchi boʻldi

Oʻzbekistonlik merganlar Turkiyada oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiya Respublikasida 20-31 may kunlari "Eng ilgʻor mergan jamoasi" musobaqasi oʻtkazildi. 11 davlatning 36 ta jamoa ishtirokidagi bellashuvlarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi ham qatnashdi.

Oʻzbekistonlik merganlar bir nechta shartlarda 5 marotaba rekord natijalarni qayd etdi.

Musobaqa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shohsupaning ikkinchi oʻrni mezbon davlat — Turkiyaga, uchinchi pogʻona esa Bahrayn jamoasiga nasib etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid