Olmaliqda ikki ishchi qurbon boʻldi: tafsilotlar
Olmaliq kon metallurgiya kombinatida ikki ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi

Olmaliq kon metallurgiya kombinatida ikki ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xabarida maʼlum qilingan.
Shu yilning 23 may kuni armaturachi A.R korxona hududida tan jarohati olib vafot etgan.
Bundan tashqari, 22 may kuni A.Sh ekvskovatorda tuproqlarni surayotgan vaqti tuproq bosib qolishi oqibatida qurbon boʻlgan.
Har ikkala holat yuzasidan komissiya tuzilib, maʼlumotlar tegishli joylarga taqdim etilishi belgilangan.
Avvalroq, Qibray va Olmaliqda ikki yosh ishchi ham baxtsiz hodisa qurboni boʻlgandi.