Gulistondagi omborda katta yongʻin chiqdi
Yongʻinni oʻchirish harakati hamon davom etmoqda.
Jamiyat
1-iyun 2024 yil
Bugun soat taxminan 21:35 larda Guliston shahridagi Maʼnaviyat mahallasida jolashgan lak-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yongʻin chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga koʻra, voqea joyiga zaruriy yongʻin-qutqaruv avtomobillari va vositalari jalb etilgan. Hozir yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Aytilishicha, holat viloyat hokimligi, FVB, IIB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.