Bayden Gʻazoda urushni tugatish boʻyicha rejani eʼlon qildi
Isroil tomoni bildirgan tashabbusga koʻra, mamlakat qoʻshinlari Gʻazodan chiqib ketadi va asirlar boʻyicha kelishuvga erishiladi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Isroil Gʻazo sektoridagi janglarni tugatish boʻyicha "keng qamrovli" oʻt ochishni toʻxtatish taklifini bildirgan.
Juma kuni Oq uyda soʻzlagan Bayden Qatar HAMASga Gʻazoda "toʻliq va keng qamrovli otashkesim"ni oʻz ichiga olgan uch bosqichli taklifni berganini aytdi.
Baydenning aytishicha, taklifning birinchi olti haftalik bosqichi butun Gʻazo boʻylab oʻt ochishni toʻliq toʻxtatish va barcha isroillik qoʻshinlarini barcha aholi punktlaridan olib chiqib ketishni oʻz ichiga oladi. AQSh prezidenti Isroil va HAMAS oʻrtasidagi mahbuslar almashinuvini ham tilga oldi.
Falastinliklar Gʻazoning barcha hududlariga qaytishlari mumkin boʻladi, vaʼda qildi Bayden. Har kuni gumanitar yordam ortilgan 600 yuk mashinasi anklavga kiradi.
Ikkinchi bosqich Gʻazoda "harbiy harakatlarni doimiy toʻxtatish" boʻyicha muzokaralarni oʻz ichiga oladi. Baydenning soʻzlariga koʻra, birinchi bosqichdagi toʻliq otashkesim XAMAS va Isroil muzokaralar olib borguncha davom etadi.
Bayden Misr, Qatar va Qoʻshma Shtatlar kelishuvning kafillari boʻlishini aytdi. Uchinchi va oxirgi bosqich Gʻazoni qayta qurishni oʻz ichiga oladi.
"Hozirgi vaqtda Xamas yana 7 oktabrni oʻtkazishga qodir emas", dedi Bayden.
Uning qoʻshimcha qilishicha, "falastinliklar mutlaq doʻzaxni boshidan kechirgan, juda koʻp tinch aholi halok boʻlgan". Gʻazo tomoni 36 mingdan oshiq tinch ahol oʻlgani va 80 mingdan oshiq kishi jabrlanganini aytgan.
Telegramda kuzatib boring!