platina.uz
Jahon

Sud Donald Trampni 34 ta band boʻyicha aybdor deb topdi

Bu AQSh tarixida birinchi marta sobiq davlat rahbarining jinoiy ish boʻyicha sudga tortilishidir. Hukm 11 iyul kuni oʻqiladi. 

Sud Donald Trampni 34 ta band boʻyicha aybdor deb topdi

Nyu-Yorkdagi hakamlar hayʼati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda AQSh matbuoti.

Hakamlar hayʼati Trampni barcha 34 ta band boʻyicha aybdor deb topdi. Endi sud AQShning sobiq prezidentiga qanday jazo tayinlanishini aniqlashi kerak.

Shu hafta boshida Nyu-Yorkdagi 12 kishilik hakamlar hayʼati Trampning jinoiy ishini muhokama qilishni boshladi. Amerikaning 45-prezidenti ishi boʻyicha tinglovlar shu yilning aprel oyida boshlangan.

Bu AQSh tarixida birinchi marta sobiq davlat rahbarining jinoiy ish boʻyicha sudga tortilishidir.

Ommaviy axborot vositalarida tez-tez "Stormi Deniyels ishi" deb ataladigan ushbu sud jarayoni doirasida Tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda. 2018 yil yanvar oyida The Wall Street Journal 2006 yilda Tramp goʻyoki porno aktrisa Stormi Deniyels bilan munosabatda boʻlgani va 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan sal oldin unga sukut saqlagani uchun 130 ming dollar toʻlagani haqida maqola chop etdi. Trampning oʻzi Deniyels bilan shaxsiy aloqasi yoʻqlini aytib keladi.

2023 yil aprel oyida Manxetten okrugi prokurori Alvin Bragg Trampni Stormi Daniyels ishi boʻyicha biznes yozuvlarini soxtalashtirish va jinoiy fitna boʻyicha 34 ta ayblovlar boʻyicha aybladi.

Trampga yana uchta ish boʻyicha ayblov eʼlon qilindi. Gap namoyishchilarning Kapitoliyga bostirib kirishi, maxfiy hujjatlarni noqonuniy egallashi va siyosatchining biznesiga oid qonunbuzarliklar haqida ketmoqda.

Oq uyning sobiq rahbari ishlarning birortasi boʻyicha ham oʻz aybini tan olmaydi. Tramp va uning ittifoqchilari unga qoʻyilgan ayblovlar siyosiy sabablarga koʻra ekanligini bir necha bor taʼkidlagan.

Joriy yilning boshida Tramp praymerizda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida amalda koʻrsatilishini taʼminladi. Prezidentlik saylovlari 2024 yil noyabr oyida boʻlib oʻtadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid